Бўш лавозимлар


30.04.2017

E'tibor qaratganingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz.

“Neftgazmontaj” MChJ kompaniyasi O‘zbekiston neft va gaz qurilish bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi. Kompaniyamiz turli xil murakkablikdagi sanoat va texnologik ob'ektlarni qurishga ixtisoslashgan. Ayni paytda “Neftgazmontaj” MChJ  “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” siga tegishli bo‘lgan “Gazni qayta ishlash zavodi majmuasini qurish va Qandim konini o‘zlashtirish II bosqich” obyektlarida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun xalqaro kompaniya bilan konsorsium tuzdi.
Katta hajmdagi ishlarni bajarish uchun quyidagi mutaxassislar talab qilinadi:
Muhandis-texnik xodimlar (Uchastka boshliqlari, masterlar, uchastka ish yurituvchilari);
Ma'muriy boshqaruv xodimlari (rejalashtirish va tahlil bo’yicha mutahasislar, ishlab chiqarish va loyiha boshqaruvi xodimlari, qurilish tashkilotida tajribaga ega bo'lgan huquqshunos)
Hozirgi bo'sh ish o'rinlaridan qat'i nazar, biz har doim faol, kelajakda jamoamizning bir qismiga aylanishi mumkin bo'lgan iqtidorli odamlar bilan aloqani davom ettirishdan manfaatdormiz. Biz qiyin vaziyatlarni hal qilishda o'zgaruvchan sharoitlarga moslashish, qat'iyat va oqilona murosani topish qobiliyatini qadrlaymiz. Iltimos, rezyumeni yuborishda siz murojaat qilayotgan hudud va faoliyat sohalarini ko'rsating.
Bizga rezyumeni ok@ngm.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz yoki (99871)150-70-01 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.